Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko'ra, O'zbekiston aholisining 4,8 mln nafari ko'p qavatli uylardagi xonadonlarda istiqomat qiladi. Bu jami aholining 12,4 foizini tashkil etadi.
Aholining yashash joyi turlari bo'yicha taqsimlanishi quyidagicha: shaxsiy yakka tartibdagi hovlilarda yashovchilar — 33,3 mln kishi (85,3 foiz); ko'p qavatli uylardagi xonadonlarda yashovchilar — 4,8 mln kishi (12,4 foiz); boshqa turdagi turar joylarda yashovchilar — 927,3 ming kishi (2,3 foiz).

Axborot xizmati



