08/06/2021

2021- yilning 5- aprelidan boshlab Respublikamiz hududlari boʻyicha  Multiindikator klaster, MICS kuzatuvlari o‘z ishini boshladi. Jumladan, Samarqand viloyatida ham viloyat statistitka boshqarmasining maxsus oʻqitilgan bir nechta xodimlari kuzatuvlarda faol qatnashishmoqdalar.

2021- yilning 7- iyun kuni MICS kuzatuvchilari o‘z ish faoliyatlarini Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani  “Balandchordara” MFY da davom ettirishmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1990-yilda Bolalar masalalari boʻyicha butunjaxon sammitida, 1995-yildan boshlab har 5 yilda MICS kuzatuvlarini oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Shu tariqa hozirgi davrgacha MICS kuzatuvlari dunyoning yuzdan ortiq davlatida umumiy hisobda 185 marotaba oʻtkazilgan. Dastlabki davrda ushbu kuzatuvlar 28 ta koʻrsatkich boʻyicha maʼlumotlarni toʻplangan boʻlsa, hozirgi oltinchi bosqichida (MICS6) 200 dan ortiq koʻrsatkichlarni oʻz ichiga qamrab oldi.

Multiindikator klaster kuzatuvi xalqaro miqyosda oʻtkaziladi va mamlakatlar aholisining har tomonlama rivojlanish jarayonlarini oʻrganish hamda monitoring qilish uchun muhim statistik maʼlumotlarni olishga yordam beradi. Bu dastur doirasida bolalar va ayollar salomatligi holatini, ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar huquqlari va ularning taʼlim olish darajasi, bolalarning jismoniy rivojlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinadi.

Multiindikator klaster kuzatuvlari tanlanma asosida Samarqand viloyatidagi 46 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida 920 ta uy xoʻjaligida oʻtkazilishi belgilangan va bugungi kunda o‘tkazilib kelinmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech