Davlat statistika qo‘mitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.
Xususan, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig’i Irgashyev Botir Samarovich, Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi xodimi Abdumutalim Yusupov hamda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i T.Sidikovlar boshchiligida boshqarma tizimida 2023- yilda aholini ro’yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko’rish, bu jarayonda foydalanish uchun zarur bo’ladigan kartografik materiallarning tayyorlanish holatini o’rganish, Yashovchilar soni ko’rsatilgan xonadonlar ro’yxati kabi masalalar bo’yicha hududlarda olib borilgan ishlar yuzasidan seminat o’tkazildi.
Seminarda barcha shahar va tuman xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, tayyorlanadigan xaritalarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq aholi punktlarining chegarasini aniq ko‘rsatish, ularning chizma rejalarini qog‘oz va elektron shaklda tayyorlash, ko‘cha nomlari, ko’p qavatli uylar va hovlilar, turar, noturar joylar maxsus belgilar bilan ajratish kerakligi ta’kidlandi. Shu builan birgalikda hududlarda aniqlangan kamchilklarni bartaraf qilish uchun tegishli ko’rsatma va yo’nalishlar belgilab berildi.
Tadbir so‘nggida viloyatlarda 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati