01/07/2021

To‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmining oshishi bevosita paxta xomashyosi o‘rniga tayyor mahsulot ishlab chiqarish va qo‘shimcha qiymat yaratish maqsadida amalga oshirilgan islohotlarning natijasi ekanini ko‘rish mumkin. Jumladan, joriy yilda 56,6 mln. AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 32,2 %ini tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 91,7 %ga o‘sdi.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida paxtadan yigirilgan ip (40,2 %),  gilamlar (22,6 %), va tayyor trikotaj tikuvchilik kiyimlari (20,9 %)  asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 104 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 24 tа davlatiga eksport qilindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech