Chorva mollari va parrandalar bosh soni hamda o‘sish sur’ati

2021– yining 1– iyul holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 4,3 % fermer xo‘jaliklari hissasiga, 95,2 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 0,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumyiy sonidan 6,6 % fermer xo‘jaliklariga, 89,3 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 4,1 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g’ri keladi, otlar umumiy sonidan 13,5 % fermer xo‘jaliklariga, 85,3 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 1,2 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 20,7 % fermer xo‘jaliklariga, 53,4 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 25,8 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech