2021- yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO bo‘limlari tomonidan 2 041 kishini nikohdan ajralishlari qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etdi.
Eng yuqori nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti (promille) Samarqand shahar (1,7), Kattaqo‘rg‘on shahar (1,5), Samarqand (1,4), Payariq (1,1) tumanlarida kuzatildi.
Eng kam nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti (promille) Nurobod (0,5), Urgut (0,6), Qo‘shrabot (0,7) va Oqdaryo (0,7) tumanlarida kuzatildi.
Axborot xizmati