23/08/2021

Joriy yilning 23-avgust kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli farmonining mazmun mohiyatini va mazkur farmonda belgilangan vazifa va topshiriqlarni boshqarma xodimlariga yetkazish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i v.v.b. Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 28- iyuldagi 01/1-23-12/3-72-sonli topshiriq xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 6- iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6257-sonli farmonining mazmun mohiyatini yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirib o‘tdi.

   Jumladan, boshqarmaning Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limi boshlig‘i Z. Davronov so‘zga chiqib, mazkur farmonda belgilangan vazifa va topshiriqlar yuzasidan mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilganligi, ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun mas’ul bo‘lgan alohida organ - Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda hamda savollarga komissiya a’zolari  tomonidan tegishli javoblar berildi.

Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech