2021- yilning yanvar - iyul oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 719,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har xil yoshdagi qora mollar savdosi 545,4 mlrd. so‘mni, qo‘y va echkilar 98,1 mlrd. so‘mni, otlar 70,5 mlrd. so‘mni, parrandalar 5,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Axborot xizmati