Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2021- yil yanvar-iyul oylari yakuniga ko‘ra, 2 436,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yil yanvar-iyul oylariga nisbatan 95,0 %ni, jami ulgurji savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 65,5 % ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda yuqori ulush Samarqand tuman i (99,9 %), Urgut (99,2 %), Payariq (99,2 %), Oqdaryo (99,4 %), Jomboy (99,9 %) tumanlarida va Kattaqo‘rg‘on shahrida (99,6 %) bo‘lgan. Eng past ulush esa Bulungur (16,4 %), Narpay (51,2 %) va Pastdarg‘om (49,4 %) tumaniga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati