Tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2021- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra 24 172 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 099 taga yoki 26,7 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
Faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 23 187 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 007 taga yoki 27,5 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
2021- yilning yanvar-avgust oyida yangi tashkil etilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 3 956 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 876 taga yoki 28,4 % ga ko‘payganligini ko‘rish mumkin.
Axborot xizmati