Samarqand viloyati statistika boshqarmasida 2021- yilning 28- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 11-avgustida imzolangan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi (OʻRQ–707-son) Qonuni mazmun- mohiyatini kehg ommaga etkazish maqsadida BRIFING tashkil etildi.
BRIFINGDA boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A. Suyunov soʻzga chiqib, yangi qonunni ishlab chiqishda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun maxsus ishlab chiqilgan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi model qonuniga tayanilganligi, jarayonga hukumat, vazirlik va idoralar masʼullari hamda Jahon bankining xorijiy ekspertlari jalb etildi. MDH, Osiyo va Yevropa mamlakatlarining qonunchiligi hamda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston va boshqa davlatlarning rasmiy statistika borasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilganilganligi, natijada, bugungi kun talabiga va xalqaro andozalarga toʻla mos keluvchi yangi Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonuni ishlab chiqildi va tasdiqlanganligi haqida toʻxtaldi.
Axborot xizmati