Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2021- yil yanvar-avgust oylari yakuniga ko‘ra, 3 098,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 101,3 %ni, jami ulgurji savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 68,1 %ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda yuqori ulush Samarqand tuman i (99,9 %), Urgut (99,3 %), Payariq (99,3 %), Oqdaryo (99,5 %), Jomboy (99,9 %) tumanlarida va Kattaqo‘rg‘on shahrida (99,6 %) bo‘lgan. Eng past ulush esa Bulungur (17,2 %), Narpay (56,5 %) va Pastdarg‘om (52,1 %) tumaniga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati