Samarqand Viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2021- yil yanvar-avgust holatiga 490,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan eksport – 186,4 mln. AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import – 304,3 mln. AQSh dollari qiymatida qayd etildi.
Samarqand Viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya Federatsiyasi (41,0 %), Qozogʻiston
(28,7 %) hamda Ukraina (9,9 %) davlatlari bilan qayd etildi.
Axborot xizmati