“Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvining tegishli buyrug‘iga asosan fondning Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘lim va bo‘linmalari katta hisobchilarining ish samaradorligi hamda malakasini oshirish maqsadida Samarqand shahrida joylashgan biznes markazida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu o‘quv-seminarda fondning Respublika boshqaruvi va Samarqand viloyatidan taklif qilingan hamkor tashkilotlar mas’ul xodimlarining ma’ruzalari o‘rin olgan.
Oʻquv-seminariga Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Sh. Abdiyev hamda boshqarmaning “Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish” boʻlimi boshligʻi F. Shukrovlar ishtirok etishdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilanligi, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Axborot xizmati