Rivojlangan mamlakatlardagi xizmatlar sohasi iqtisodiyotda yetakchi o‘rin tutadi, uning rivojlanish darajasi esa odamlarning farovonligi va hayot sifatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish bugungi kunda yuqori sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishni nazarda tutadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yil yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 11 058,6 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 2 581,2 mlrd. so‘mga oshdi.
Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,3 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati