Qo‘shrabot tumani hokimi H. Oqbo‘tayev boshchiligida 2021- yil 6- oktabr kuni sektor rahbarlari, tegishli mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘cha seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika boʻlimi boshligʻi Sh. Tog‘ayevning bugungi kunda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axboroti eshitildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilanligi, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Seminar yakunida tumani hokimi H. Oqbo‘tayev tomonidan tuman kadastr hamda mahalla va oilani qo‘llab-qo‘vvatlash bo‘limi boshliqlariga, sxematik reja va xaritalarni qisqa muddatda yangilash, ko‘chalarni nomlash va xonadonlarni raqamlash ishlarini jadallashtirib bo‘yicha ko‘rsatma berib o‘tdi.
Aholini ro‘yxatga olish–bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir hisoblanib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati