Мoliyaviy xizmatlar hajmi moliyaviy vositachilik hisobidan olingan foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlar miqdorida), shuningdek, moliya muassasasi tomonidan ssuda berish yoki depozitni saqlash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobiga ko‘ra olinadi.
2021- yil yanvar-avgust oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 1 675,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-avgust oylarida ularning hajmi 1 358,7 mlrd. so‘mga teng
bo‘lgan.
2021- yilning o‘tgan davrida ularning umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 15,1 % ni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-avgust oylarida ularning ulushi 16,0 % ni tashkil etgan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 317,2 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi.
2021- yil yanvar-avgust oylarida moliyaviy xizmatlarning o‘sishi 20,1 % ni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-avgust oylarida ularning o‘sish sur’ati 133,3 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati