11/10/2021

Joriy yilning 11- oktabr kuni oʻtkazilgan maʼnaviyat soati oʻquv seminarida boshqarma boshligʻi v.b. D.Musinov soʻzga chiqib, Mustabid  tuzumning mudhish siyosati qurbonlari haqida so‘z yuritarkan, Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini taʼminlash yoʻlida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatagʻon qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini oʻrganish hamda targʻib etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilganligi.

 

 

Jumladan, oʻtgan davrda ushbu yoʻnalishda muhim farmon va qarorlar qabul qilinganligi. Yurtimizda 2001- yildan buyon har yili 31- avgust – “Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni” sifatida keng nishonlab kelinayotganligi, “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etilganligi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari qoshida uning boʻlimlari tashkil etilgani haqida to‘xtalib oʻtdi.

 

 

Shuningdek, bugungi yig‘ilish kun tartibiga qoʻyilgan masala yuzasidan so‘zga chiqqan Sh. Abdiyev Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Isʼhoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Qodiriy kabi ulugʻ maʼrifatparvar ajdodlarimiz xotirasiga bagʻishlangan muhtasham haykallar, muzeylar bunyod etilgani, ijod maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyilgani. Siyosiy qatagʻon yillarida nohaq qurbon boʻlgan yurtdoshlarimizning nomlarini aniqlash, ularning qoldirgan merosini oʻrganish va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, badiiy va hujjatli asarlar yaratilgani haqida o‘z fikrini bayon qilib o‘tdi.

Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

 

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech