11/10/2021

Moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 92,2 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-avgust oylari yakuniga ko‘ra, sug‘urta xizmatlarining ulushi 4,3 % oralig‘ida qayd etildi.

Moliyaviy va sug‘urtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 3,5 % ini tashkil etdi.

Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-avgust oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmining 91,5 % ini sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar tashkil etgan.   Sug‘urta xizmatlarining ulushi 3,9 % ga to‘g‘ri kelgan. Moliyaviy va sug‘urtalashga tegishli yordamchi xizmatlar – 4,6 %.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech