Axborot texnologiyalarining rivojlanish va foydalanish darajalari, shuningdek, ularni ta’minlaydigan telekommunikatsiya infratuzilmasi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillariga aylanib, barqaror rivojlanish va mamlakatning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi samaradorligini ta’minlaydi.
2021- yilning yanvar- avgust oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 536,8 mlrd. so‘m darajasida belgilandi.
2020- yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 116,9 % ni tashkil etgan.
Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-avgust oylarida ushbu xizmat turi hajmi 452,6 mlrd. so‘m yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 5,4 % iga teng bo‘lgan. O‘sish sur’ati esa 107,8 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati