28/10/2021

Samarqand viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 27- oktabr kuni 2021- yil III chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda hududiy statistika bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. 

Yig‘ilish kun tartibida, 2021- yil III chorak yakunlari bo‘yicha Davlat statistika  qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “kengaytirilgan Hay‘at yig‘ilishi natijalari”dan kelib chiqqan holda, o‘tgan davrda boshqarmaning tarmoq bo‘limlari hamda tuman (shahar) bo‘limlarining barcha yo‘nalishlardagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi, mavjud yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni  bartaraf etish va  galdagi  vazifalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab olish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

 

      Yig‘ilishni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi  Musinov Dilshod Sultanovich boshqarib bordi. Yig‘ilish kun tartibiga binoan, D. Musinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2021- yil III chorakda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, boshqarma boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida alohida to‘xtalib, tegishli topshiriqlar berildi.

 

 

Yig‘ilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech