29/10/2021

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish, saylov qonunchiligi yo‘nalishlari” bo‘yicha, shuningdek, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

 

 

Joriy yilning 29- oktabr kuni bo‘lib o‘tgan  “Siyosiy-ma’rifiy” o‘quv mashg‘ulotiga boshqarma rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etishdi.

Ushbu o‘quv soatida davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritayotgan xizmatchilarning davlat va jamiyat hayotidagi so‘nggi xabar va yangiliklardan xabardorligini oshirish, ularning  faoliyatiga yangi rakurslardan qarash, shuningdek, respublikamiz va xorijiy mamlakatlarda sodir bo‘layotgan voqea hodisalarni tahlil qilish, xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish,  davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech