O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan.
Ro‘yxatga olish muddatlar 1-5 noyabr kunlari internet tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish belgilangan bo‘lib, boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlariga videokonferensaloqa tizimi orqali seminar tashkil etildi.
Seminarda, mazkur tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga oluvchilar http://census.stat.uz/ sayti orqali onlayin ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligi haqida shuningdek, har bir tuman va shahardagi xodimlar faol ishtirok etib, o‘z taklif va tavsiyalarini berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir yakunida hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga boshqarma mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati