02/11/2021

2021– yilning yanvar–sentabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 12 787,0 mlrd. so‘mni yoki 2020– yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil qildi. Etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 47,1 % ni tashkil etdi.

    Chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko‘payishiga, ichki iste’mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkon yaratdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech