Bugungi kunda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning eng istiqbolli va tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Savdo va transportdan tortib moliyalashtirish, sug‘urtalash va har xil turdagi vositachilikka qadar keng faoliyat doirasini qamrab oladi. Aynan shu sektor iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda band bo‘lganlar soni bo‘yicha iqtisodiyotning asosiy qismini tashkil qiladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 15 060,3 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 3 670,2 mlrd. so‘mga oshdi.
Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,2 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati