18/11/2021

Savdo bu – tovarlarning aylanishini, ularning ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga o‘tishini ta’minlaydigan iqtisodiyot sohasidir. Ma’lum bir davlat ichida savdo tovarlarini zarur iste’molchiga yetkazib berish vazifasini bajaradi. U ulgurji va chakana savdoga bo‘linadi.

 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 28,0 % ni tashkil etib, bu 4 212,5 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida ularning hajmi 3 417,5 mlrd. so‘mga yoki umumiy hajmning 30,0 % iga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech