23/11/2021

Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarilgan. Jami qurilish ishlarining 70,9 %  yoki 4076,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 711,6 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish korxonalarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi  17,5 % ni tashkil etdi.

Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan  2173,4 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi  53,3% ni tashkil etdi.

Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasiga  1191,9 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 29,2 % ni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech