24/11/2021

2021-yilning 24-noyabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-son qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori mazmun-mohiyati hamda Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari  mavzusida viloyat statistika boshqarmasi mutasadilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor vazifasini bajaruvchi Abduraimov Dilshod Muratkulovich ochib berdi.

 

Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Abdiyev Sharof Azamovich, viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari, statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar hamda statistik hisobotlarning shakllanish jarayoni toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi.

 

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati, qonunda qoʻyilgan vazifalar hamda ularning bugungi kundagi ijrosi yuzasidan boshqarma boshligʻining oʻrinbosari Suyunov Anvar Anarovich hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, qaror ijrosi yuzasidan viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida boshqarmaning Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi Shukurov Firdavs Abdusaidovich toʻliq maʼlumot berib oʻtdi.

 

 

Yigʻilishda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan institut kutubxonasiga bir nechta statistik toʻplamlar hadya etildi.

 

 

Tadbir qizgʻin savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Professor-oʻqituvchilar va talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga viloyat statistika boshqarmasi mutasaddilari tomonidan toʻliq javoblar olindi.

 

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech