25/11/2021

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 16 943,6 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 95,5 % ini tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmoqning ulushi 0,4 % ni (2020- yilning yanvar- oktabr oylarida - 0,6 %), o‘rta-yuqori texnologiyali - 16,4 % (17,6 %), o‘rta-quyi texnologiyali - 16,3 % (13,7 %) va quyi texnologiyalisi – 62,3 % (63,1 %)ni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech