Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʻplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning 26- noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘inin g o‘rinbosarlari, boshqarma hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, korrupsiya birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelishi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Shuningdek, ma’ruzachi, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini kompleks takomillashtirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va omillarini aniqlash hamda bartaraf etish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini qo‘shimcha qildi.
Axborot xizmati