30/11/2021

2021- yilning 30- noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-son qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori mazmun-mohiyati hamda Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari  mavzusida viloyat statistika boshqarmasi mutasadilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni institutning ingliz tili II fakulteti dekani Otabek Yusupov ochib berdi.

 

 

Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Abdiyev Sharof Azamovich, viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari, statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar hamda statistik hisobotlarning shakllanish jarayoni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati, qonunda qoʻyilgan vazifalar hamda ularning bugungi kundagi ijrosi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi.

 

 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, qaror ijrosi yuzasidan viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida boshqarmaning Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi Shukurov Firdavs Abdusaidovich maʼlumot berdi.

 

 

Yigʻilishda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan institut kutubxonasiga bir nechta statistik toʻplamlar hadya etildi.

Tadbir qizgʻin savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Professor-oʻqituvchilar va talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga viloyat statistika boshqarmasi mutasaddilari tomonidan toʻliq javoblar olindi.

 

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech