Samarqand viloyati statistika boshqarmasida viloyat hokimligi tomonidan taqdim etilgan “Davlat tilida ish yuritish” nomli kitobning boshqarma xodimlariga taqdimoti oʻtkazildi.
Boshqarmaning Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodimi F. Eshonkulov tomonidan tegishli xodimlarga kitoblar tarqatildi.
Bugungi kunda respublikamizda davlat tiliga boʻlgan eʼtibor tufayli davlat boshqaruvi idoralarida davlat tilida ish yuritilishi hamda hujjatlar almashinuvi kabi barcha jarayonlar davlat tilida olib borilmoqda.
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tashabbusi bilan chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” qoʻllanmasi mazkur sohani tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoʻllanmada ish yuritish faoliyatida eng koʻp foydalaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari bo‘yicha tegishli namunalar bilan berilgan. Oʻz navbatida, kitobda ish yuritishga oid lugʻat oʻrin olgan.
Axborot xizmati