14/12/2021

2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

 

 

2021- yilning 14- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi xodimlari  uchun videoaloqa orqali seminar yig‘ilishi bo‘lib otdi. O‘quv seminarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi. 

 

 

Tadbirda qo‘mitaning Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalarining qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

 

 

Hududiy statistika boshqarmalari qishloq xo`jaligi va ekologiya bo‘limi xodimlarining soha bo‘yicha bergan savollariga qo‘mita vakillari batafsil javob va tushuntirishlar berdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech