16/12/2021

Samarqand viloyati statistika boshqarmasida 2021- yilning 16- dekabr kuni “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ma’naviy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i, o‘rinbosarlari hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar kun mavzusi yuzasidan quyidagilar haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

 Insoniyat qadim-qadimdan buyon jaholatga, bidʼat va xurofotga qarshi maʼrifat bilan kurashishga intilib keladi.Chunki, unga qarshi kuch ishlatilsa, zoʻravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan battarroq kuchayib ketishi mumkin. Jaholatga qarshi maʼrifat usuli XXI asr ibtidosida gʻoyat muhim kasb etmoqda.

 

 

Hozirgi vaqtda koʻz oʻngimizda dunyoning turli joylarida roʻy berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur oʻzgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan koʻra muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hammamizga maʼlumki har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinadi. Shunday ekan biz yoshlar ongida ham ona Vatanimizga boʻlgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi oʻz dinimizga sadoqat tuygʻularini yanada shakllantirishimiz, kelajak avlodlar ongida va qalbida mafkuraviy, maʼnaviy immunitetni kuchaytirishimiz muhim oʻrin tutadi.

 

 

 

Bugungi axborot asrida, globallashuv jarayonida turli yot oqimlar, xususan diniy aqidaparastlarning zararlaridan saqlanish, uning oldini olish uchun chora-tadbirlar majmuini oʻz ichiga oladigan mafkuraviy profilaktik tadbirlarning oʻrni katta.

Ayrim yurtdoshlarimizning bilib-bilmay xatarli yoʻllarga kirib qolayotganlari va buning ayanchli oqibatlari haqida, Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda vatanparvarlik, millatparvarlikka qaratilgan ezgu yoʻnalishlar, islom dinining insonparvarlik, tinchlik va doʻstlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini yig‘ilishda alohida taʼkidlandi.

 

 

 

Maʼlumki, yigirma birinchi asr axborot asri boʻlib, hozirgi davr avlodi globallashuv jarayoni shiddatli tus olgan zamonda yashamoqda. Aynan yosh avlod turli koʻrinishdagi gʻoyaviy xurujlar nishoniga aylangani ham hech kimga sir emas. Bir tomondan ekstremistik ruhdagi oqimlar faoliyati, boshqa tomondan missionerlar harakati, uchinchi tomondan esa “ommaviy madaniyat” targʻibotchilari yosh avlod ongiga sof Islom dini taʼlimotiga zid aqidalarni singdirish, muqaddas eʼtiqodimizdan ayirish va oʻzbekona milliy va diniy qadriyatlarimizdan voz kechishga targʻib etish bilan oʻz faoliyatlarini muttasil olib bormoqdalar. Natijada, sof Islom taʼlimotidan yetarli darajada ilmga ega boʻlmagan baʼzi yoshlar ekstremistik gʻoyalarga chalgʻib turli xil jinoyalarga qoʻl urmoqdalar, baʼzilari ana shunday jinoyatlarning qurboniga aylanmoqdalar. Yana baʼzilari Islom dinidek maʼrifatparvar, tinchlikparvar, butun insoniyatga faqat yaxshilikni taʼlim berguvchi dinni qandaydir arzimagan dunyo matohiga almashib oʻzga dinni din deb qabul qilmoqda. Boshqalari esa, gʻarb davlatlarining moddiy taraqqiyoti goʻyoki ularning madaniyatiga asoslangandek xayol qilib, kiyinishda, oʻzini tutishda, hatto fikrlashda milliylik va diniylikka yot usullarni oʻziga maʼqul koʻrmoqda. Bularning barchasi oxir oqibat porloq kelajagimizga turli-tuman ofat va balolarning rahna solishiga sabab boʻladi. Islom dinimiz taʼlimotida musulmon kishi uning eʼtiqodiga, hur va ozod yashashiga, bir soʻz bilan aytganda sokin hayot kechirishiga rahna soluvchi har qanday kuchga qarshi kurashishi lozim ekanligi taʼkidlanadi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech