Viloyat bo‘yicha, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 21 004,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 11,7 % ga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 4 110,8 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 110,2 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 15 094,7 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 109,5 %), uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 798,7 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati 139,6 %)ni tashkil etdi.
Axborot xizmati