O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshirig‘iga asosan 2022- yilning 1-iyuliga qadar “Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o‘rganish” maqsadida ishchi guruh tarkibi tashkil etilib, Samarqand viloyatiga tashrifi amalga oshirilmoqda.
Topshiriqga muvofiq, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohatlar markazi tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini hamda islohotlarning samaradorligini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish rejalashatirilgan va tadqiqot metodologiyasi Samarqand viloyati misolida sinovdan o‘tkazilishi belgilangan.
Taqiqot to‘rt yo‘nalishdagi islohotlarni o‘z ichiga oladi, bular ishbilarmonlik muhiti, aholi turmush darajasi, davlat institutlarining sifati va hududning makrobarqarorligi metodlari orqali baholanadi va har bir yo‘nalish bo‘yicha moliya, mehnat bozori, infratuzilma, ijtimoiy infratuzilma, o‘zaro hamkorlik , bozor va korrupsiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar natijalari baholanadi.
Joriy yilning 8-iyun kuni so‘rovnomalarni to‘ldirish, so‘rovnoma to‘ldirishda nimallarga e’tibor qilish va boshqa turli masalalar yuzasidan Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tashrif buyurgan ishchi guruh a’zolari tomonidan seminar tashkil etildi.
Axborot xizmati