27/06/2022

Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i D. Musinov so‘zga chiqib, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi tizimida 2022- yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusiga to‘xtalib, korrupsiya bor joyda haqiqat va adolat va hech qaysi bir sohaning rivojlanishiga hamda oldimizga qoʻygan ulkan maqsadlarimizga korrupsiya illati bilan hech qachon  erishib bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

 

 

Shu jumladan, 2022- yilning II-choragi yakuni bilan qabul qilinadigan (choraklik) statistika hisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida korxona va tashkilotlarning mas’ul shaxslaridan ta’magirlik yo‘li bilan pora olmasliklari yuzasidan barcha tizim xodimlarini qat’iy ogohlantirib o‘tdi.

 

 

Maʼlumki, korrupsiya jamiyat ildizini tubidan qoʻporuvchi illatdir. Unga qarshi barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib kurashmasak, mamlakat kelajagini halokatga olib borishi, shubhasiz. Shu boisdan, bunga yoʻl qoʻymaslik va korrupsiya jinoyatiga butunlay barham berish uchun fuqarolarimiz ongida korrupsiyaga qarshi nafrat, uni sodir etishga yoʻl qoʻymaslik tuygʻusini shakllantirishimiz lozim. Afsuski, bu illatning sodir etilishiga koʻp hollarda fuqarolarimizning oʻzlari bilib-bilmay sababkor boʻlib qolayotganligi hamda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashishda tizim xodimlarimiz huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali korrupsiyaning oldi olinishini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

Yig‘ilish davomida, korrupsiya holatlarining oldini olishda korxona va tashkilotlar va fuqarolar orasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini doimiy ravishda olib borish bu turdagi huquqbuzarliklarning oldini olishda alohida ahamiyat kasb etishi ta‘kidlandi.

 

 

Boshqarma tizimida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha “Siz korrupsiyani to‘xtata olasiz!”, “Korrupsiya barqaror rivojlanish uchun to‘siq”, “Korrupsiyaga to‘qnashdingmi qo‘ng‘iroq qil” va “Unutmang, korrupsiyadan har birimiz jabr ko‘ramiz” mazmunida tayyorlangan bukletlarni aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillariga hamda statistika hisobotlarini topshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar vakillariga tarqatib borilmoqda.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech