19/07/2022

Samarqand Viloyati jahonning 81 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasida (19,8 %), Qozogʻistonda (16,0 %), Xitoy Xalq Respublikasida (15,3 %),  Turkiyada (7,9 %), Yaponiya (4,2 %), Hindiston (2,8 %) va Tojikiston (2,7 %) qayd etilgan.

 

 

Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 81 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan 11 ta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Tojikiston, Qirgʻiz Respublikasi,  Afg’oniston, Singapur, Ozarbayjon, AQSh va BAA shular jumlasidandir. Qolgan 70 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech