03/08/2022

2022–yilning yanvar–iyun oylari yakuniga ko‘ra yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Oqdaryo tumanida (32,7 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Kattaqo‘rg‘on shahrida (99,2 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Samarqand tumanida (19,7 %) qayd etildi.

Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida (0,0 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng kam ulushi Samarqand tumanida (51,4 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Urgut tumanida (0,1 %) qayd etildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech