05/08/2022

Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri o‘tkazilmoqda.

 

 

Ushbu tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan tashkil etilyapti.

 


 

Mazkur sinov jarayonida maxsus tayyorlangan registratorlar uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligini joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazishmoqda.

 

 

Shuningdek, registratorlar jarayonda aholiga qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning maqsad va vazifalari, ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar haqida batafsil ma’lumotlar bermoqda.

 

 

Sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayoni davom etmoqda.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech