17/10/2022

2021-yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 12 391,6 mlrd. so‘mni  tashkil etdi. Bu esa 2020-yilning mos davriga nisbatan investitsiyalarni  5 114,3 mlrd. so‘mga oshishini ta’minladi.

 

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar miqdori va ulushining eng ko‘pi,   qurilish  tarmoqlarida 3813,3 mlrd. so‘m (30,8 %), sanoat 2713,3 mlrd. so‘m (21,9 %), savdo sohasida 1092,8 mlrd. so‘m  (8,8 %), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida  909,3 mlrd. so‘m  (7,3 %), tashish va saqlashda 101,5 mlrd. so‘m  (0,8 %), yashash va ovqatlanishda 131,3 mlrd.so‘m  (1,1 %), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 281,0 mlrd. so‘m  (2,3 %), axborot va aloqada 5,6 mlrd. so‘m (0,05 %) ni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech