Viloyat bo‘yicha, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 18 165,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 - yilning mos davriga nisbatan 10,2 foizga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3 780,5 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 113,8 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 12 911,1 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 109,7 %), uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 474,1 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati 105,2 %)ni tashkil etdi.
Axborot xizmati