Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022- yil 1-noyabr holatiga ko‘ra 704 tani tashkil etib, ulardan 689 tasi yoki 97,9 foiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 48 taga yoki 7,5 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.
2022- yilning yanvar-oktabr oylarida 63 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.
- Ro‘yxatda o‘tgan – 704 ta
- Faoliyat ko‘rsatayotgan – 689 ta
- Yangi tashkil etilgan – 63 ta
Axborot xizmati