O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2023- yilning 6- yanvar kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.
Jumladan, “Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan ma’muriy islohatlar yuzasidan ekspertlar sharhi”, “Yurtimizda va xorijda ro‘y berayotgan voqealar tafsiloti” hamda “Bir chimdim” ma’naviyat rukni namoyish etildi.
Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.
Siyosiy-ma’rifiy soat davomida yig‘ilish qatnashchilari uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022- yil 30- dekabr kuni “Ma’muriy islohatlarni amalga oshirish, Hukumat tarkibi va ish tizimini o‘zgartirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalari bo‘yicha 2023- yildagi eng muhim vazifalar yuzasidan” o‘tkazilgan yig‘ilish tafsilotlari haqida boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyevning ma’ruzasi tinglandi.
Axborot xizmati