03/03/2023

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

 

  

 

    2023- yilning 03- mart kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.

    Jumladan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O. Hasanovning “Xalqchil Davlat dasturi – rivojlanishning yangi bosqichi”, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri S. Gaipnazarovning “Tashkilotlarda inson resurslarini samarali boshqarish (HRM) jarayonini tashkil etish” mavzularidagi chiqishlari hamda Mutolaa vaqtirukni namoyish etildi.

 

 

    Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan  muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

 

 

    Siyosiy-ma’rifiy soat davomida yig‘ilish qatnashchilari uchun Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli, 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risi”dagi O‘RQ 707-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyevning ma’ruzasi tinglandi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech