Joriy yilning 7-mart kuni Samarqand viloyatit statistika boshqarmasi Ma'naviyat va ma'rifat kengashi va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmada ishlayotgan barcha ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich dilbar opa-singillarni 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida davlatimiz tomonidan yuksak e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Hayotdagi bor go‘zallik ayollarga, onaga yarashadi, negaki olloh uni go‘zal qilib yaratgan. Quyoshdan mehr, oydan nur, yerdan sadoqat, yulduzlardan chiroy olib, unga hadya etgan. Baxtimizga hamisha omon bo‘ling, Sizlar borki hayot bor, baxtu-quvonch bor.
Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz ayollar, qadrli opa-singillar !
Mayda o‘rilgan sochlari
go‘zal shirin so‘zlari,
bayram bilan qutlaymiz
statistikamiz qizlari.
Samimiy va cheksiz hurmat ila, boshqarma jamoasi