Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 3,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 698 tonna kofe import qilgan.
Kofe importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,7 tonnaga kamaygan.
2023-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
— Rossiya – 283 tonna
— Malayziya – 218 tonna
— Indoneziya – 70 tonna
— Italiya – 33 tonna
— Braziliya – 27 tonna
— BAA – 26 tonna
— Germaniya – 14 tonna
Axborot xizmati