Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlari eng katta ulushni egallaydi. 2023- yil yanvar-fevral oylarida savdo xizmatlarining ulushi 28,0 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, transport xizmatlari (22,8 %), moliyaviy xizmatlar (17,4 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,1.%), shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlarda (4,1 %) yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmining o‘sishi qayd etildi, ushbu xizmat turining ulushi 1,9 %ni tashkil etdi.
Axborot xizmati