O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining 2023- yil 28- martdagi rozilik xati hamda Samarqand viloyati statistika boshqarmasining tegishli buyrug‘iga asosan Salimov Muzrob Abdurazzokovich Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Salimov tayinlovga qadar Toyloq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi Salimov Muzrob Abdurazzokovichni yangi lavozim bilan muborakbod etib, kelgusi ish faoliyatiga omadlar tilab qoladi.
Axborot xizmati