Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-19-may kunlari Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi statistika sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ikki tomonlama dolzarb mavzularda oʻzaro tajriba almashish masalalarida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.
Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi Samarqand shahriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Samarqand viloyat boshqarmasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Uchrashuv doirasida, tomonlar oʻz faoliyatlari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazdilar, qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Axborot xizmati